StaffPlusPRO
Xodimlar ilovasi · Android

Ish kuningiz — bitta ilovada

Kelish va ketish, ish grafigi, ta'til va smena almashish so'rovlari — hammasi telefoningizda.

Tekshirilmoqda…

O'rnatish — 1 daqiqa

Ilova hozircha Play Market'da emas, shu sahifadan o'rnatiladi.

  1. 1. Yuklab oling

    «Android uchun yuklab olish» tugmasini bosing. Fayl telefoningizga saqlanadi.

  2. 2. O'rnatishga ruxsat bering

    Telefon «Noma'lum manbalardan o'rnatish»ni so'rasa — brauzer uchun «Ruxsat berish»ni yoqing. Bu bir martalik.

  3. 3. Play Protect ogohlantirsa

    Ilova Play Market'dan emasligi uchun ogohlantirish chiqishi mumkin: «Batafsil» → «Baribir o'rnatish» ni bosing.

  4. 4. Kiring va sozlang

    Muassasangiz bergan login va parol bilan kiring. Ilova joylashuv, kamera va batareya ruxsatlarini o'zi so'raydi.

Ilovada nimalar bor

Selfi va GPS bilan kelish

Ish joyida ekaningiz va o'zingiz ekaningiz bir bosishda tasdiqlanadi.

Ish grafigi

Keyingi smena, oy bo'yicha ish kunlari va dam olish kunlari.

So'rovlar

Ta'til, «Kechikaman» xabari va hamkasb bilan smena almashish.

Telegram eslatmalari

Ish boshlanishidan 30 daqiqa oldin eslatma, kelish-ketish xabari.

Ko'p beriladigan savollar

Login va parolni qayerdan olaman?

Muassasangiz administratori yoki kadrlar bo'limi beradi. Parolni unutgan bo'lsangiz, ilovadagi «Parolni unutdingizmi?» havolasidan foydalaning.

Ilova qanday yangilanadi?

Yangi versiya chiqqanda ilovaning o'zi xabar beradi — «Yangilash» tugmasini bossangiz, shu sahifadagi kabi o'rnatiladi. Ma'lumotlaringiz saqlanib qoladi.

Joylashuvim doim kuzatiladimi?

Yo'q. Joylashuv faol ish smenasi davomida — check-in qilingandan check-out yoki smena yakunigacha yuboriladi. Android ilovada bu vaqtda bildirishnoma panelida «StaffPlusPRO — Ish vaqti» yozuvi turadi.

Qaysi telefonlarda ishlaydi?

Android 7.0 va undan yangi telefonlarda. iPhone versiyasi tayyorlanmoqda — hozircha iPhone'da clinicuk24.com saytidan foydalanishingiz mumkin.

Xiaomi/Redmi telefonimda kuzatuv to'xtab qolyapti

Sozlamalar → Ilovalar → StaffPlusPRO → Batareya → «Cheklovsiz» ni tanlang. Ilova ham birinchi ochilganda buni ko'rsatadi.